Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdagi "Salar" kanalining suvi toshishi oqibatida uylarni suv bosdi

Toshkentdagi "Salar" kanalining suvi toshishi oqibatida uylarni suv bosdi

Joriy yilning 4 iyun kuni Toshkent shahar Sergeli tumani hududidan oqib o‘tuvchi "Salar" kanalida suv oqimining me’yoridan oshiq oqishi sababli suv toshishi hodisasi kuzatilgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Suv toshishi oqibatida Junariq ko‘chasida joylashgan 7 ta uy yerto‘lasi, hovli va 3 ta ishlab chiqarish sexi hududiga suv to‘plangan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, aholi xonadonlariga suv toshish holatini to‘liq to‘xtatgan.

Hozirda maxsus texnikalar va suv tortish moslamasi (motopompa)lar yordamida qoldiq suvlarni tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Uylarning devorlariga zarar yetmagan,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:06 05.06.2023. O'qildi: 1116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!