Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentdagi oilalardan biri 744,2 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkentdagi oilalardan biri 744,2 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent shahrida 744,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati fosh etildi. Bu haqda Prokuratura departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Unda keltirilishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Fuqaro A.I.ga tegishli xonadonda yashab kelayotgan fuqarolar S.SH. va B.A. o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 744,2 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 20:41 27.03.2025. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!