Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentdagi "Minor" – dunyoning eng antiqa masjidlari ro‘yxatida

A A A
Toshkentdagi "Minor" – dunyoning eng antiqa masjidlari ro‘yxatida

Joriy yilning 21-24 yanvar kunlari Fransiyaning Parij shahrida dunyodagi masjidlar arxitekturasi bo‘yicha yirik loyiha Abdullatif al-Favzan mukofoti xalqaro hakamlar hay’atining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2011 yilda asos solingan, har uch yilda beriladigan mazkur nufuzli mukofot butun dunyoda masjidlar arxitekturasini rivojlantirish masalalariga yo‘naltirilgan. 2017-2020 yillar oralig‘ida ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan masjidlar orasida Toshkent shahridagi Minor masjidi ham bor. Eslatib o‘tamiz, hozircha sayyoramizning faqat 15 davlatidan 27 ta masjid ushbu ro‘yxatga kiritilgan. Yaqinda mazkur masjidlar haqidagi fotosuratlar va ma’lumotlarni o‘zida jamlagan katalog chop etildi.

Shu munosabat bilan mazkur nufuzli mukofotning hakamlar hay’ati a’zolaridan biri, rossiyalik olim, sharqshunos, tarix fanlari doktori, Sankt-Peterburg shahridagi joylashgan Buyuk Petr nomidagi Kunstkamera Antropologiya va etnografiya muzeyi direktori o‘ribonsari. Yefim Rezvan bilan suhbatlashdik.

Yefim Anatolyevich, avvalo dunyoning eng yaxshi masjidlari uchun mo‘ljallangan Abdullatif al-Favzan mukofoti haqida to‘xtalib o‘tsangiz?

Abdullatif al-Favzana mukofoti bugungi kunda Islom olamida masjidlar qurish va loyihalashtirish bo‘yicha eng nufuzli xalqaro mukofot sanaladi. Xalqaro mehmorlar ittifoqi tomonidan ta’sis tilgan ushbu mukofotning umumiy jamg‘armasi 1 million dollarga teng. Mukofotga nomzodlar har uch yilda bir marotaba tavsiya etiladi. Shu bilan birga taniqli olimlar, arxeologlar, me’morlardan iborat guruh Masjidlar ensiklopediyasini tuzish bo‘yicha ish olib borayotir.

Xalqaro mukofotning hakamlar hay’ati Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Misr, Rossiya, Ispaniya, Mali davlatlaridan yetti kishini o‘z ichiga oladi. Hay’atga Iordaniyaning sobiq turizm va osori atiqalar vaziri Tolib Rifoiy boshchilik qiladi. U bir paytlar Butunjahon turizm tashkilotini ham boshqargan.

Yanvar oyida Parij shahrida o‘tgan yig‘ilishda bu loyiha uchun dastlab dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan 200 ta masjid tavsiya qilindi. Qizg‘in bahslar yakunida biz dastlab ularning yuztasi, keyin 15 ta davlatdan 27 ta loyiha tanlab olindi. Bunda, Indoneziya va Bangladeshdan beshtadan, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Erondan ikkitadan, Malayziya, Iordaniya, Livan, Sudan, Misr, Mali, Gana, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadan bittadan masjid kiritilgan. MDH davlatlaridan bir emas, uchta masjid borligi men uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ushbu ro‘yxatni yuzaki tahlil qilganimizda ham, masjidlar bo‘yicha eng yaxshi loyihalar insonparvarlik va go‘zallik bilan sug‘orilgan islom uyg‘onish davrini boshdan kechirgan hududlargato‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.

Hakamlar hay’ati a’zolari tashkilotchilarning hech qanday ma’naviy yoki mafkuraviy tazyiqini his etishmadi. Hay’atning navbatdagi yig‘ilishi joriy yil kuzda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha konferensiya ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Hakamlarning so‘nggi qarori 2020 yilda Ar-Riyodda e’lon qilinadi. Mazkur qaror mutaxassislarning jiddiy tekshiruvi va o‘rganishlari tufayli chiqariladi.

Siz O‘zbekistont tarixi va madaniyatining chuqur bilimdoni sifatida yaxshi bilasizki, mamlakatimizda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan masjidlar juda ko‘p. Nega aynan Minor masjidi ushbu ro‘yxatga kiritildi?

Chindan ham, bugun O‘zbekistonda ikki mingdan ortiq masjidlar mavjud. Ular orasida butun dunyoda e’tirof etilgan, o‘rta asr me’morchiligining nodir namunalarini uchratish mumkin. Minor masjidi yaqinda qurilgan, yangi masjid. O‘zbekiston tomoni aynan ushbu masjidni tanlovga tavsiya qilgan. Nazarimda, bu juda to‘g‘ri va oqilona tanlov. O‘z vaqtida ushbu masjidni Toshkent aholisi va mehmonlari ham katta hayrat bilan qabul qfilishgandi. Bu aslida xalq tanlovidir.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan masjidlar qanday talablarga javob berishi kerak?

Asosiy talablarda qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

  • masjidning atrofidagi manzaralarga qanchalik uyg‘unligi;
  • innovasion arxitekturasi, tarkibi va texnik yechimi;
  • atrofni muhit himoyasi va barqaror rivojlanish va iqtisodiytamoyillariga mos kelishi;
  • ichki va tashqi ko‘rinishi;
  • landshafti va ijtimoiy ahamiyati;
  • namozxonlar uchun qulayligi;
  • xizmat ko‘rsatish va boshqaruv qulayliklari;
  • qurilish materiallari;

O‘ylaymanki, 2400 kishini o‘zida sig‘dira oladigan, oppoq marmardan milliy va zamonaviy arxitektura an’analari asosida tiklangan bu betakror obida tanlovning barchatalablariga javob bera oladi.

Sizni O‘zbekistondan topilgan Katta Langar Qur’oni tadqiqotchisi va targ‘ibotchisi sifatida ham yaxshi bilamiz. Ayni paytda siz O‘zbekistonning 114 Qur’oni loyihasi ustida ishlayotgan ekansiz...

Sir emas. Bugungi O‘zbekiston zamini asrlar davomida islom olamining eng muhim ruhiy va ma’naviy markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Mamlakatning o‘ziga xos tarixi nafaqvat ulug‘vor me’moriy obidalar yoki adabiy asarlarda, balki bu zaminda yaratilgan, saqlab kelingan va o‘rganilgan Qur’oni karim nusxadlarida ham aks etadi.

Siz tilga olgan loyiha O‘zbekiston bilan bog‘liq, bugungi kunda dunyoning turli nuqtalarida saqlanayotgan betakror Qur’on nusxalarini o‘z ichiga oladi. Biz ramziy ma’noda 114 raqamini tanlaganmiz. Bilasizki, Qur’oni karim 114 ta surani o‘z ichiga oladi. Mazkur albom sahifalarida ham 114 sura kiritiladi va ularning har biri turli nusxalardan olinadi.

Bizni asosan hijratning dastlabki asrlari (milodiy 7-8 asrlar) da yaratilgan, taniqli, hukmron shaxslarning buyrug‘iga binoan ko‘chirilgan, aholi xonadonlari yoxud masjidlarda foydalanib kelingan Qur’on nusxalari ko‘proq qiziqtiradi. Biz ana shunday qo‘lyozmalar qatorida O‘zbekison Musulmonlari idorasida saqlanayotgan Hazrati Usmon mushafi va bugungi kunda Xitoy hududida aqlanayotgan Boysunqur Mirzo Qur’onni kiritishimiz mumkin.

Mazkur loyiha tarixan ancha katta muddat 15 asrni qamrab oladi. Biz bu loyihada turli davlarda, turli sharoitlarda, turfa xat turlarida Yevroosiyoning turli nuqtalarida bitilgan va albatta tarixi O‘zbekiston bilan bog‘lanadigan qo‘lyozmalarni ko‘rishimiz mumkin.

Bugungi kunda ushbu albomning Peterburg kolleksiyalariga tegishli qismi yozib tugatilgan, uning kirish qismi ham deyarli tayyor. Tez orada O‘zbekistonga borib, turli muzey to‘plamlarida saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganishni rejalashtirganmiz. Mazkur loyiha muallifi O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari aossosiyasi rahbari Firdavs Abduxoliqov hisoblanadi. Bu g‘oya Sankt-Peterburgda Firdavs Abduxoliqov bilan O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida loyihasi yuzasidan olib borilgan muzokaralarimiz chog‘ida tug‘ilgan edi.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 21:00 23.02.2019. O'qildi: 5549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!