Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomini beriladi 15 iyun kuni prezident tegishli qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, Yashnobod tumanida barpo etilayotgan “O‘zbek-turk do‘stligi” xiyoboniga yondosh bo‘lgan Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismiga (Istiqbol, Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi va Maxtumquli shohko‘chasi kesishmasigacha) Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.
Toshkentda Mustafo Kamol Otaturk ko‘chasi avval ham bor edi. 2011 yilda ushbu ko‘cha Zarafshon deb qayta nomlangandi.