Ijtimoiy tarmoqlarda Milliy bog‘ hududida, odamlar orasida bahaybat ilon o‘rmalab ketayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, boshqarma tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida xabarda tasvirga olingan ko‘p rangli (naqshli) poygachi ilon zaharli bo‘lmagan ilon turiga kirishi aniqlangan. U butun O‘zbekiston bo‘ylab, shuningdek, aholi punktlarida, jumladan, yirik shaharlarda ham yashaydi hamda odamlar va uy hayvonlari uchun xavf tug‘dirmaydi.
“Bu kabi ilonlar tartibli, kemiruvchilar, odamlarning salomatligi va hayotiga tahdid soladigan yuqumli kasalliklar tashuvchilari bilan oziqlanadi. Yuqoridagilarni inobatga olib fuqorolardan ushbu turdagi ilonlardan xavfsiramaslik va ortiqcha qo‘rquvga berilmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.