Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentdagi 15, 28 va 61-avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Toshkentdagi 15, 28 va 61-avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash va yo‘nalishlarni maqbullashtirish maqsadida, 2025 yil 1-sentyabrdan boshlab 15-, 28- va 61-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga qisman o‘zgartirishlar kiritildi.

Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yo‘nalishli avtobuslar harakatiga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilgan:

- 15-sonli avtobus yo‘nalishi

Toshkentdagi 15, 28 va 61-avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Qo‘yliq 1-mavzesidan Do‘stlik metrosi tomon harakatlanishda endilikda Qo‘yliq ko‘prik osti yo‘lidan ko‘prik yo‘liga qo‘shimcha yo‘l bo‘lagi orqali (Vodiy avtoturargohigacha bormagan holda) harakatlanadi.

- 28-sonli avtobus yo‘nalishi

Toshkentdagi 15, 28 va 61-avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Tibbiyot akademiyasidan Yangiobod mavzesi tomon harakatlanishda Shohimardon, Ohangaron yo‘li, Shohsanam va Katta Yangiobod ko‘chalari orqali harakatlanadi. Yo‘nalish Katta Yangiobod ko‘chasida bir tomonlama harakatlanadi.

- 61-sonli avtobus yo‘nalishi

Toshkentdagi 15, 28 va 61-avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Endilikda ikki tomonlama Izzat ko‘chasi orqali (Beshariq, Aviasozlar va Xosiyat ko‘chalariga kirmagan holda) harakatlanadi.

Kiritildi: 18:43 02.09.2025. O'qildi: 197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!