Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentdagi 120 ta avtobus bekati o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmagan

Toshkentdagi 120 ta avtobus bekati o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmagan

Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2026 yil may–iyun oylarida Toshkent shahrida jami 120 ta avtobus bekati, jumladan 60 ta ijaraga beriladigan va 60 ta ijtimoiy bekat foydalanishga topshirilishi lozim edi.

Biroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rganishlari davomida ushbu bekatlarning birortasi bo‘yicha ham foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagani aniqlangan.

Shuningdek, ko‘plab bekatlarda qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan, zarur uskunalar va jihozlar esa to‘liq o‘rnatilmagan.

Kiritildi: 17:33 21.07.2026. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!