Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda 11 fevral kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, seshanba kuni soat 15:20 da Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan bino yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 15:28 da yetib borib, yong‘in soat 15:45 da qurshab olgan va 16:05 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqqan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Kiritildi: 19:56 11.02.2025. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!