Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron Prezidenti Taker Karlsonga intervyu berdi

Eron Prezidenti Taker Karlsonga intervyu berdi

Amerikalik mashhur jurnalist Taker Karlson Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyan bilan intervyu utkkazgani va bu suhbat yaqin kunlarda uning media platformasida e’lon qilinishi haqida ma’lum qildi. U suhbat davomida Tegeron AQSh bilan urushga intilayaptimi? degan savolni ochiqcha berganini aytdi.

Intervyu Erondagi yadroviy ob’ektlarga Amerika bombardimonchilari tomonidan qilingan hujumlardan so‘nggi eskalasiyadan keyin yozib olingan.

Karlson tanqidlarga tayyor ekanini aytdi, lekin barcha tomonlarning qarashlarini amerikalik auditoriyaga yetkazishni o‘z burchi deb hisoblashini ta’kidladi:

«Biz o‘n kun avval Eron bilan urush holatida edik — va ehtimol, yaqin orada yana bo‘lamiz. Insonlar haqiqatni bilishga haqli.»

Karlson intervyuda Eronning yadroviy dasturi texnik jihatlari haqida savol bermaslikni tanlagan, chunki u holda ham «rost javob olmasligini» bildirgan. U asosiy e’tiborni Tegeronning strategik maqsadlari va niyatlariga qaratgan.

Jurnalist, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ham shunday intervyu uchun taklif yo‘llaganini, ammo hozircha javob olmaganini ma’lum qildi.

Karlson — avval Trampni qo‘llab-quvvatlagani bilan tanilgan — iyun oyida Isroilning Eronga qarshi zarbasini qattiq tanqid qilgan, uni "urush akti" deb atagan va bu zarbada "AQSh hamjinoyatchiga aylanganini" ta’kidlagan. Shuningdek, u haqiqiy izolyasionist siyosat bunday operasiyalar bilan mutlaqo mos kelmasligini aytgan.

Kiritildi: 21:28 07.07.2025. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!