Rektor, bosh hisobchi va yana 11 nafar xodim jami 53,6 mlrd so‘m davlat mablag‘ini talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular stipendiya, kontrakt, yotoqxona va rag‘batlantirish pullarini soxta hujjatlar orqali o‘zlashtirib kelishgan.
17 yil bosh hisobchi bo‘lib ishlagan Alimjon Mahmudov 6,5 yilga, sobiq rektor Akrom Yo‘ldoshev esa 6 yilga qamaldi.
Keltirilgan zararni qoplash maqsadida ularning bank hisoblaridagi mablag‘lari, 7 ta avto, 3 ta uy, mehmonxona va tilla buyumlari musodara qilindi.