Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyada avialoqa to‘xtatildi

Rossiyada avialoqa to‘xtatildi

Rossiya 7 iyul kechasi 120 ta ukrain dronlarini to‘xtatganini ma’lum qildi — hujum kamida 10 ta hududni, jumladan Bryansk, Kursk va Leningrad viloyatlarini qamrab oldi. Harbiylar ma’lumotiga ko‘ra, Bryansk ustida 30, Kursk ustida 29, Leningrad viloyati ustida 3 dron yiqilgan.

Kiyev tomonidan rasmiy izoh berilmadi, ammo Rossiyada aviasohadagi buzilishlar hech qachon bunday keng ko‘lamda bo‘lmagan.

Federal havo transporti agentligi (Rosaviasiya) Pulkovo aeroporti faoliyatiga 22:15 dan 00:30 gacha «vaqtinchalik cheklovlar» kiritganini e’lon qildi. Moskvada esa 21:00 ga qadar Sheremetyevo aeroportida 174 reys bekor qilindi (ularning 80% — «Aeroflot»), yana 47 reys ikki soatdan ziyod kechiktirildi.

Ayrim reyslar 1 kundan ortiq kechikdi: masalan, Maldivlarga ketuvchi SU320 reysi shanba kunidan yakshanbagacha kutib turildi, Almatidan keluvchi SU1947 esa deyarli bir kunga ko‘chirildi.

Telegram-kanal Baza xabar berishicha, «yuzlab yo‘lovchilar» terminallarda polda o‘tirgan yoki yotib kecha o‘tkazgan: «Kafe va biznes zallarda ham bo‘sh o‘rin yo‘q».

Baza ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi yo‘lovchilar samolyotdan chiqishga ruxsat etilmagan. Videolarda esa eng yirik aeroportda ko‘p sonli odamlar va jiddiy vaziyat kuzatiladi.

Aviaqatnovlardagi muammolar Rossiyaning boshqa aeroportlariga ham ta’sir qildi — Kaliningrad, Sochi, Nijniy Novgorod va hatto Yekaterinburgda ham reyslar uzildi yoki kechiktirildi.

Kiritildi: 21:36 07.07.2025. O'qildi: 1448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!