Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Bugun lavozimidan ozod qilingan Rossiya transport vaziri Roman Starovoyt vafot etdi

Bugun lavozimidan ozod qilingan Rossiya transport vaziri Roman Starovoyt vafot etdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Roman Starovoyt Moskva yaqinidagi Odinsovo shahridagi shaxsiy uyida o‘lik holda topilgan. Rossiya Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov uning o‘limi sababini o‘z joniga qasd qilish deb aytdi.

Starovoyt Rossiya Transport vaziri lavozimida bir yildan biroz ko‘proq ishlagan. Bungacha u besh yil davomida Kursk viloyati gubernatori sifatida faoliyat yuritgan. Starovoytdan so‘ng Kursk viloyatiga vaqtinchalik gubernator etib Aleksey Smirnov tayinlangan edi, biroq u tez orada iste’foga chiqdi va keyinchalik hibsga olindi.

Mash Telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, Starovoytning o‘z joniga qasd qilishi Kurskning Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan egallangan hududlarida mudofaa inshootlari qurilishi jarayonidagi yirik o‘g‘irliklarga doir ish bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun 2024 yil avgustida Kursk viloyatining bir qismi, jumladan Sudja shahri, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan egallab olingan edi.

Kiritildi: 20:24 07.07.2025. O'qildi: 1053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!