Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda yangi qurilayotgan bino yonib ketdi

Toshkentda yangi qurilayotgan bino yonib ketdi

Bugun, 23 mart kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 09:18 da Toshkent shahar Sergeli tumani Xonabod ko‘chasida joylashgan va yangi qurilayotgan bino fasad qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 09:24 da yetib borib, yong‘in soat 09:39 da qurshab olinib, soat 09:42 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

“Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:48 23.03.2025. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!