Foydali resurslarga oid yangi kelishuv Ukrainani AQShdan 2022 yildan beri olingan barcha yordamni qoplashga majbur qiladi. Bu haqda “Evropeyskaya pravda” nashri xabar berdi.
Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, bu Ukraina uchun $120 milliard qarzdorlikni yuzaga keltiradi.
"Shartnomada, shuningdek, Ukrainaning ushbu qarzni o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ko‘rsatilgan, chunki uning miqdori har yili 4% ga oshirish nazarda tutilgan. Bu shuni anglatadiki, to‘lovlar qancha ko‘p kechiktirilsa, qarz summasi shuncha ortib boradi", deb yozadi “Evropeyskaya pravda”.