Toshkent shahrida yana bir profilaktika inspektoriga sovuq qurol bilan hujum qilindi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, voqea poytaxtning Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan.
Pichoqlash voqeasi 14 aprel kuni soat 16:30 dan keyin bo‘ldi. O‘sha kuni IIB xodimi chaqiruv bo‘yicha voqea joyiga borib, xizmat vazifasini bajarayotgan bo‘lgan, — deydi axborot beruvchi manba.
Bildirilishicha, IIB xodimiga pichoq ko‘targan fuqaro muqaddam sudlangan shaxs bo‘lgan.
Ayni paytda “uchastkavoy” 16-shifoxona (Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi)da davolanmoqda. Ahvoli og‘irroq, — deydi u.