Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda uy sotib olishda eng arzon tumanlar ma’lum qilindi

Toshkentda uy sotib olishda eng arzon tumanlar ma’lum qilindi

2025 yil birinchi yarmida Toshkentda ikkillamchi uy-joy bozoridagi narxlar besh foizgacha pasaydi. Ayrim tumanlarda narxlar ancha arzonlashgani tufayli uy sotib olish uchun qulay imkoniyat vujudga kelmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 136 ming 500 ta uy-joy sotuvi amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘n foizga ko‘pdir. Iyun oyining o‘zida esa 21 mingta oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilgan.

Ko‘chmas mulk bozori barcha hududlarda o‘sishda davom etmoqda. Eng katta o‘sish Jizzax 29,9 foiz, Navoiy 18,3 foiz va Surxondaryo 17,7 foiz viloyatlarida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa 2,6 foizlik pasayish kuzatilgan. Ikkillamchi bozorda uy narxlari yillik hisobda ikki foizga oshgan bo‘lsa-da, ayrim hududlarda pasayish qayd etilgan.

Ayniqsa, Toshkent shahrida ikkillamchi uy-joy bozorida besh foizgacha pasayish bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida narxlar sezilarli tushgan. Yangi qurilgan uylar esa Uchtepa, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida arzonlashgan.

Ijara narxlari ham barqaror bo‘lib qolgan. Hozirda Toshkentda o‘rtacha ijara narxi har bir metr kvadrat uchun 8 dollar atrofida. Eng yuqori ijara to‘lovlari Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Uchtepa, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida pastlash kuzatilgan.

Shuningdek, hukumatning qaroriga asosan, uy-joy sotib olish uchun aholiga subsidiyalar ajratish tartibi yangilangan. 2025 yildan boshlab yangi ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning markaziy bank stavkasi ortiqcha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Kiritildi: 17:09 18.07.2025. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!