Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh 8 kunlik urushdan so‘ng raketalarsiz qolishi mumkin — sobiq Pentagon maslahatchisi

AQSh 8 kunlik urushdan so‘ng raketalarsiz qolishi mumkin — sobiq Pentagon maslahatchisi

AQShning sobiq Pentagon maslahatchisi Duglas Makgregorning ta’kidlashicha, mamlakat raketalar zaxirasi tugash arafasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hozirgi sur’atda qurol-yarog‘ xorijga jo‘natilaversa, AQSh faqat 8 kunlik urush olib borishi mumkin bo‘ladi.

"Bu degani, biz 8 kun urush olib borishimiz mumkin, so‘ng yadroviy quroldan foydalanishga majbur bo‘lamiz", — deb yozdi Makgregor X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, prezident Donald Trampga raketalar zaxirasi haqiqatan ham qanday holatda ekanligi to‘g‘risida aniq ma’lumot taqdim etilishi kerak.

Bu bayonotlar AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yangi, keng ko‘lamli qurol yetkazib berish rejalarini e’lon qilganidan so‘ng yangradi.

Rossiya esa G‘arb davlatlari tomonidan Ukrainaga yetkazib berilayotgan uzoq masofali qurollar Rossiya hududida tinch aholiga qarshi qo‘llanilayotganini va bu urush xarakteriga jiddiy ta’sir qilishini ta’kidlab kelmoqda.

Prezident Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, "Agar tahdidlar real tus olsa, biz zarur qarorlarni qabul qilamiz. Asosiy savol — NATO davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushda ishtirokchi sifatida ko‘rib chiqish-chi?" — deb qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 19:46 18.07.2025. O'qildi: 1647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!