Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Eronning Abodon shahri dunyodagi eng issiq shahar deb tan olindi

Eronning Abodon shahri dunyodagi eng issiq shahar deb tan olindi

So‘nggi 24 soat ichida Eronning Abodon shahri dunyodagi eng issiq shahar sifatida qayd etildi. Bu haqda Eldorado Weather sayti ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, Abodonda harorat 51 daraja Selsiyga yetgan. Issiqlik bo‘yicha dunyodagi eng yuqori 15 shahar orasiga Eronning yana 3 shahri — Omidiye, Ahvoz va Dezful ham kiritildi.

Mutaxassislar Janubiy Erondagi bu haroratni «qizib ketgan havo oqimlari» va «namlikning kamligi» bilan izohlamoqda. Salomatlik tashkilotlari aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga, ayniqsa yosh bolalar va keksa insonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuridan himoya qilishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 19:56 18.07.2025. O'qildi: 1397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!