Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

"Real": 100 million yevro to‘lashga arziydigan 1 ta yarim himoyachi bor

"Real": 100 million yevro to‘lashga arziydigan 1 ta yarim himoyachi bor

"Real" katta transfer amalga oshirishga tayyor. Sport Witness nashrining Mundo Deportivo nashriga tayanib xabar berishicha, Madrid klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodriga qiziqish bildirmoqda.

"Qaymoqranglilar" o‘rta chiziqni kuchaytirmoqchi va Rodri uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor. "Real" Rodrini shuncha pul to‘lash mumkin bo‘lgan yagona yarim himoyachi deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, Madridda 29 yoshli Rodrini "Manchester Siti"dan olib kelish qiyin bo‘lishini tushunishmoqda.

O‘tgan yili Rodri "Real"dan taklif tushishi uni o‘ylantirib qo‘yishi mumkinligini aytgandi.

Kiritildi: 19:12 18.07.2025. O'qildi: 921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!