Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda tug‘ruqdan so‘ng 6 oydan beri og‘ir ahvolda yotgan ayol holati bo‘yicha prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda tug‘ruqdan so‘ng 6 oydan beri og‘ir ahvolda yotgan ayol holati bo‘yicha prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Uchtepa tumanida kesarcha kesish amaliyotidan so‘ng komada qolgan ayol holati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanida homilador ayol kesarcha kesish amaliyotidan so‘ng og‘ir ahvolga tushib, 6 oydan buyon koma holatida ekani haqida xabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan ma’lum qilinishicha, fuqaro M.M. joriy yilning 24 aprel kuni homiladorlikning 38 haftalik muddatida qorin pasti va bel sohasidagi kuchli og‘riqlar bilan Toshkent shahar 9-son tumanlararo perinatal markaziga murojaat qilgan va tug‘ruq bo‘limiga yotqizilgan.

Tug‘ruq jarayonida unga peridural og‘riqsizlantirish amaliyoti o‘tkazilgan. Shundan so‘ng qisqa vaqt ichida bemorning qon bosimi keskin pasayib, periferik puls aniqlanmagan va yurak faoliyati to‘xtagan.

Shifokorlar tomonidan zudlik bilan yurak-o‘pka reanimasiyasi o‘tkazilgan. Yurak faoliyati tiklanganidan so‘ng kesarcha kesish amaliyoti bajarilib, tirik o‘g‘il chaqaloq dunyoga keltirilgan.

Bemorda yuqori spinal blok, gipotenziya va gipoksiya holati kuzatilgani sababli u uzoq muddat sun’iy o‘pka ventilyasiyasiga ulangan. 24–27 aprel kunlari Toshkent shahar 9-son tumanlararo perinatal markazining jonlantirish bo‘limida davolangan bemor keyinchalik reanimobilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining neyroreanimasiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra, bemorga ko‘rsatilgan tibbiy yordam amaldagi milliy klinik protokollarga muvofiq amalga oshirilgan.

Shuningdek, bemorda yuzaga kelgan yuqori spinal blok kam uchraydigan anesteziologik asoratlardan biri sifatida baholangan.

Holatga huquqiy baho berish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ayni paytda Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 21:40 08.10.2026. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!