Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda tez tibbiy yordam xizmatlaridagi «Damas»lar to‘liq «Ford» mashinalariga almashtiriladi

Toshkentda tez tibbiy yordam xizmatlaridagi «Damas»lar to‘liq «Ford» mashinalariga almashtiriladi

Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish choralari ko‘rilmoqda. Bunga ko‘ra, shahar tez tibbiy yordam xizmati mashinalari to‘liq zamonaviy «Ford» mashinalariga almashtiriladi.

AKT vaziri Shuhrat Sodiqovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda umumiy qiymati 12 mln dollariga teng shartnoma imzolangan. Shu paytgacha 9 ta zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalari olib kelingan bo‘lib, yil oxiriga qadar jami 150 ta ana shunday avtomashina yetkazib beriladi.

«Toshkent shahrida hozirgi «Damas»lar o‘rniga zamonaviy «Ford» mashinalari xizmat ko‘rsatadi. Toshkentdagi tez tibbiy yordam tizimidan «Damas»lar chiqarib tashlanadi. Keyingi bosqichda vazirligimiz tomonidan butun respublika bo‘yicha tez tibbiy yordam texnik uskunalarini qayta modernizasiya qilish ishlari amalga oshiriladi», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Kiritildi: 20:05 06.11.2019. O'qildi: 4079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!