Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda qurilayotgan yer usti metrosi ustunlari yaqinidagi yer o‘pirilib tushdi

Toshkentda qurilayotgan yer usti metrosi ustunlari yaqinidagi yer o‘pirilib tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda qurilayotgan yer usti metrosi ustunlari yaqinidagi yerning o‘pirilishi aks etgan suratlar tarqaldi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ  voqea bo‘yicha izoh berdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Kapital qurilish direksiyasi ushbu faktni o‘rganib chiqqach, poytaxtning Shohsanam ko‘chasidagi mazkur o‘pirilishga yer ostidagi 1200 mm li vodoprovod trubasining beton qoplamasi buzilishi sabab bo‘lganini aniqladi.

Toshkent shahar "Suvsoz" davlat unitar korxonasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, suv ta’minoti va kommunikasiya aloqalarida hech qanday shikast yo‘q. Katta ehtimol bilan, yo‘l qoplamasi va beton plitalar katta tashqi bosimga (ko‘p tonnali yuk mashinalar qatnoviga) bardosh bera olmagan. Hodisa bo‘yicha tegishli xizmatlar o‘rganish ishlarini o‘tkazishyapti.

Ayni paytda shahar suv ta’minoti tashkilotining xodimlari ta’mirlash va tiklash ishlarini olib borishmoqda.
 
Shu bilan birga, ushbu voqeaning qurilayotgan yer usti halqa metro liniyasiga ta’siri bo‘yicha tashvishlanishga asos yo‘qligini ta’kidlaymiz.

O‘pirilish qurilayotgan yer usti metrosi tayanch ustunlaridan 10 metr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ro‘y bergan hodisa ob’ektga xavf tug‘dirmaydi", – deyiladi izohda.

Kiritildi: 16:32 22.05.2020. O'qildi: 6161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!