Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sexdan:
🔸yarim tonna turli xil kukunsimon xomashyo,
🔸180 kg og‘irlikda va salkam 3 ming quti tabletka va kapsula,
🔸133 dona flakonda qo‘lbola tayyorlangan dorilar topildi.
Shuningdek, sexdan narxi $150 mingga teng uskunalar, 21 dona temir qolip, shtrix-kod chop etilgan 132 to‘p yorliqlar va “Neyromidin”, “Parasetamol” dorilari shtrix-kodlari topilgan.
Ta’kidlanishicha, farmasevtika bozoriga qiymati 8,5-9 mlrd. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar kirib kelishining oldi olindi.
Holat yuzasidan bojxona organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.