Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda noqonuniy kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullangan yigitga sud hukmi o‘qildi

Toshkentda noqonuniy kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullangan yigitga sud hukmi o‘qildi

Toshkent shahrida 28 yoshli Z.T. ismli fuqaro noqonuniy tarzda kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullangani uchun javobgarlikka tortildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u 2025 yil mart oyidan iyul oyigacha BitGet platformasi orqali jami 5311,08 AQSh dollariga teng bo‘lgan USDT kriptovalyutasini ruxsatsiz sotib olgan va sotgan.

Sud jarayoni Bektemir tuman sudida bo‘lib o‘tdi. Unda Z.T. o‘z aybini tan olib, bu ishni boshqa takrorlamasligini aytdi va suddan yengillik so‘radi.

Sud Z.T.ni «kripto-aktivlar muomalasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik » da aybdor deb topdi va unga 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Shuningdek, u noqonuniy faoliyatda foydalangan Techno Po 6 rusumli telefoni musodara qilinib, davlat foydasiga olib qo‘yildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:30 07.08.2025. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!