Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda «Nizomiy va Alisher Navoiy parallellari» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Toshkentda «Nizomiy  va Alisher Navoiy parallellari» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Toshkent shahrida «Nizomiy va Alisher Navoiy parallellari» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda har ikki davlatdan olimlar, davlat va jamoat arboblari ishtirok etib, Nizomiy va Navoiy merosi hamda adabiy muloqot masalalarini muhokama qildilar.

Konferensiyada Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi o‘rinbosari, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Milliy Ozarbayjon adabiyoti muzeyi direktori, akademik Rafael Huseynov, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Huseyn Guliyev, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Akif Marifli, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti rektori Hilola Umarova hamda boshqa ishtirokchilar mavzu yuzasidan ma’ruzalar bilan qatnashdilar.

Shuningdek, anjumanda Nizomiy va Navoiy ijodining insonparvarlik, adolat va ma’naviy qadriyatlar targ‘ibidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Kiritildi: Bugun 19:19. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!