Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili bo‘lgan hukumat samolyoti Rossiya chegarasi yaqinida uchayotganda GPS signalini yo‘qotdi.
Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.
Gazeta jurnalisti harbiy maslahatchilar, noma’lum uch yulduzli general va ikkita fotosuratchi bilan birga Estoniyaning janubi-sharqidagi Britaniya qo‘shinlari pozisiyasiga tashrif buyurgan amaldorga hamrohlik qilgan.
Gazeta xabariga ko‘ra, 21 may kuni Buyuk Britaniyaga qaytayotganda Dassault Falcon 900LX sun’iy yo‘ldosh signalini yo‘qotdi. Maqolada signalni faqat tizimni qayta ishga tushirish orqali tiklash mumkinligi aytilgan, ammo samolyot havoda bo‘lganligi sababli bu amalga oshirilmagan. Natijada, The Times xabar berishicha, uchuvchi uch soatlik parvoz davomida tashqi signallarni talab qilmaydigan inersial navigasiya tizimidan foydalangan.
Shu bilan birga, gazetaning ta’kidlashicha, samolyotning asboblar paneli qisman ishlamay qolgan va yo‘lovchilarning kompyuterlari internetga ulana olmagan. Gazeta aralashuv ushbu samolyotga qaratilgan maqsadli hujum natijasi bo‘lganmi yoki yo‘qmi degan xulosaga kelmagan. Nashr bu masala bo‘yicha rasmiy bayonot bermadi.