Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlandi​​​​​​​

Toshkentda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlandi​​​​​​​

Toshkent metrosida poyezd vagoni eshigini ochib harakatlangan mashinistga nisbatan chora ko‘rildi.

Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK axborot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, shu yilning 14 aprel, seshnaba kuni soat taxminan 12:53 da Toshkent metrosining «Alisher Navoiy» bekatida yo‘lovchilarni qabul qilib, harakatlangan 34-sonli harakat tarkibi mashinisti SH.A. eshiklarni yopish buyrug‘ini berganiga qaramay, uchinchi vagonning birinchi eshigi to‘liq yopilmagan.

Mashinist esa eshik yomilmasa-da, harakatni davom ettirgan. Keyingi bekatda poyezd to‘xtatilgan va yo‘lovchilar tushirilib, harakat tarkibi texnik ko‘rik yo‘lagiga olib ketilgan.

Eshiklari ochiq holatda harakatlangani uchun esa holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mashinist SH.A. Abilkasimovga nisbatan qat’iy intizomiy chora ko‘rilishi belgilangan.

Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raldi.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!