Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Saida Mirziyoyeva: “Bu O‘zbekiston uchun muhim voqea”

Saida Mirziyoyeva: “Bu O‘zbekiston uchun muhim voqea”

Bugun Pusan shahrida o‘tkazilayotgan YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uchun juda muhim voqea ro‘y berdi.

Toshkentning modernizm me’morchiligi ob’ektlari ushbu tashkilotning nufuzli Xalqaro ro‘yxatiga rasman kiritildi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi 25 yilda O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominasiya ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor bo‘ldi.

Bu faqatgina bir nechta binolarning emas, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir davrning e’tirofidir. O‘sha yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan.

"O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi g‘alabasi – boy me’moriy merosimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bo‘lsin!" deb yozadi Saida Mirziyoyeva bu haqda.

Kiritildi: 23:32 26.07.2026. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!