Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda maktablar oldidagi yo‘llar bir tomonlama harakat tartibiga o‘tkaziladi

Toshkentda maktablar oldidagi yo‘llar bir tomonlama harakat tartibiga o‘tkaziladi

Tashabbus yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Toshkent shahrida yangi o‘quv yildan boshlab ichki mahallalarda joylashgan maktablar atrofidagi yo‘llar bir tomonlama tartibga o‘tkaziladi. Ushbu chora-tadbir poytaxtda yo‘l-transport hodisalari xavfini kamaytirish hamda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.

Toshkent shahar IIBB matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganovning ma’lum qilishicha, zarur yo‘l belgilari o‘rnatish ishlari boshlangan. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchilar va poytaxt mehmonlarini mazkur hududlarda harakatlanishda yangi tartib-qoidalarga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 19:35 01.09.2025. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!