Yunusobod tumanida tovlamachilik va tahdid bilan shug‘ullangan 4 nafar shaxs ushlandi. Ular orasida 15 va 16 yoshli ikki nafar maktab o‘quvchisi ham bor.
Guruh bir fuqaroni obro‘sizlantiruvchi videoni tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 500 dollar talab qilgan. Tezkor tadbirda ular 300 dollar va 2,4 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Gumonlanuvchilardan pul, telefonlar, pichoq va boshqa o‘tkir buyumlar musodara qilingan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.