Toshkent shahrining Mirobod tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti Qorasuv kanaliga tushib ketdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 17 mart kuni soat 20:25 larda Mirobod tumani Boyovut ko‘chasida 33 yoshli O.T. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, Abdurauf Fitrat MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanaliga tushib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida kelib chiqqan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.