Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berildi.
Joriy yilning 22-yanvar kuni soat 17:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Shahrisabz–Mustaqillik shoh ko‘chalari chorrahasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi, 2000 yilda tug‘ilgan A.X., boshqaruv davomida chorrahada o‘z yo‘nalishini keskin chapga o‘zgartirib, chapga burilish jarayonida chorraha markazida xizmat olib borayotgan YPX inspektorini urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida YPX inspektoriga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.