Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aytishiga ko‘ra, Rossiya har oyda taxminan 35 ming harbiyni yo‘qotmoqda. Bu o‘tgan yilning shu oyidagi 14 ming odam bilan solishtirganda sezilarli o‘sishdir.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya oyiga 43 ming harbiyni safarbar qiladi, ammo 35 ming yo‘qotiladi, ularning 10–15 foizi qochadi va yaralanganlar ham bor.
“Ular armiyasi o‘sishni to‘xtatdi, bu biz uchun muhim. Bu — dron operatorlarimiz va dron texnologiyalarimiz hissasi”, — deya ta’kidladi Zelenskiy.