Ukraina prezidenti Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng jurnalistlar oldida chiqish qildi.
Zelenskiy AQSh yanvar oyining boshida Venesuelada operasiya o‘tkazib, ushbu mamlakat yetakchisi Nikolas Maduroni qo‘lga olganini eslatib o‘tdi.
"Maduro hibsga olindi. Bu borada turli fikrlar bo‘ldi. Ammo fakt o‘zgarishsiz qolmoqda, Maduro Nyu-Yorkda sud qilinmoqda. Ammo Putin sudlanmayapti. Hozir Yevropadagi Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik urushning to‘rtinchi yili ketmoqda. Uni boshlagan odam nafaqat ozodlikda, balki Yevropadagi muzlatilgan katta miqdordagi pullari uchun kurashmoqda", — dedi Zelenskiy.