Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Evropa faqat gapiradi, ammo hech narsa qilmaydi — Zelenskiy

Evropa faqat gapiradi, ammo hech narsa qilmaydi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti bunday fikrni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida bildirdi.

"Evropa kelajak haqida gapirishni yoqtiradi, ammo hech narsa qilmaydi. Bugun Yevropa NATO'ga ishonadi, biroq uning amalda qanday ishlashini hech kim ko‘rmagan. Agar Putin Litvani bosib olishga qaror qilsa, kim javob beradi? AQSh javob berishi kerak, ammo agar bermasa-chi? Yevropa o‘zini qanday himoya qilishni tushunib olishi lozim.

Agar odamlar erkinlik uchun kurashayotganini ko‘rib, hech narsa qilinmasa, natija har doim ayanchli bo‘ladi. 2020 yilda hech kim belaruslarga yordam bermadi, endi esa Belarusdan uchiriladigan “Oreshnik” Yevropa Ittifoqining aksariyat mamlakatlariga yetib borishi mumkin.

Biz ko‘p bor “Harakat qilish kerak”, dedik. Ammo Yevropa odatdagidek “Balki qachondir kimdir nimadir qilar”, dedi Yevropa yetakchiga aylanish o‘rniga, AQSh prezidenti o‘zgarishiga umid qilmoqda.

Evropa urushlarsiz, yaxshiroq dunyo qurishi mumkin, ammo buning uchun u qudratli bo‘lishi lozim. Harakatsiz ertangi kun bo‘lmaydi", — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 08:26. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!