Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Gaz eksporti to‘xtamagan

Gaz eksporti to‘xtamagan

Ichki bozorda gaz tanqisligi bo‘lganiga qaramay, O‘zbekiston dekabr oyida gaz eksport qilishni davom ettirgan. 2025 yil dekabrida 4,7 mln dollarlik gaz eksport qilingan, yillik eksport 628,8 mln dollarga yetgan.

Shu oyda 203 mln dollarlik gaz import qilingan, yillik import hajmi 1,66 mlrd dollardan oshgan. Import o‘sishi tezlashgan (+16,5%), eksport o‘sishi esa sekinlashgan (+4,9%).

Dekabrda oltin eksport qilinmagan, ammo 56,9 mln dollarlik oltin import qilingan. Avtomobillar importi ham keskin oshgan.

Kiritildi: Bugun 17:51. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!