Bugun 6 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Bir kishi jarohatlandi

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Bir kishi jarohatlandi



Bugun, 5 noyabr kuni soat 10:00 atrofida Toshkent shahri Uchtepa tumani, Chilonzor 23-dahasidagi ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida havo-gaz aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi.

FVB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga qisman zarar yetgan. Bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

Bosh prokuraturaning bildirishicha, holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Hozirda chaqnash sabablari, gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlar va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 17:12 05.11.2026. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik