Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri hududida yaqin soatlarda kuchli shamol kuzatilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan aholiga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish tavsiya qilinmoqda.
🔹 Yashash joylarida eshik va derazalarni, chordoq hamda havo aylanish tizimlarini mahkam yopish;
🔹 Ko‘chada daraxtlar, elektr ustunlari yonida turmaslik;
🔹 Ko‘p qavatli uylar balkonlari va deraza tokchalaridagi buyumlarni xavfsiz joyga ko‘chirish yoki yaxshi mustahkamlanganini tekshirish;
🔹 Shamol kuchaygan paytda mustahkam binolar, yer osti o‘tish yo‘llari yoki boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarga kirish;
🔹 Buzilgan binolarga kirish, reklama konstruksiyalari, daraxtlar va xavfli ustunlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.
Shuningdek, avtomashinalarni daraxtlar ostida yoki yengil konstruksiyali binolar, pavilonlar yonida qoldirmaslik qat’iy tavsiya etiladi.