Italiya bosh vaziri Falastin davlati to‘laqonli shakllanmasidan avval uni tan olish noo‘rin ekanini aytdi.
"Men Falastin davlati mustaqilligi g‘oyasini qat’iy qo‘llab-quvvatlayman, biroq hali to‘laqonli shakllanmasidan oldin uni tan olishga qarshiman", — deya fikr bildirdi Jorja Meloni.
Bundan bir kun avval Italiya Tashqi ishlar vazirligi Falastin davlatini tan olish jarayoni falastinliklar tomonidan Isroilni tan olish bilan bir vaqtda sodir bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgan edi.