Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Moldova poytaxtida rossiyaparast muxolifat miting o‘tkazdi

Moldova poytaxtida rossiyaparast muxolifat miting o‘tkazdi

Rossiya axborot agentliklari ma’lumotlariga ko‘ra, “Sandu boshqaruviga qarshi” shiori ostida Kishinyovda bo‘lib o‘tgan mitingda 10 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Tadbir Kommunistlar partiyasi, Sosialistlar partiyasi, “Moldovaning kelajagi” hamda “Moldova yuragi” partiyalari tomonidan tashkil etildi.

Mitingda ishtirok etgan Moldovaning sobiq prezidenti Igor Dodon TASS agentligiga bergan intervyusida, so‘l qanot partiyalar tomonidan tuzilgan blok Rossiya bilan aloqalarni tiklash va barcha davlatlar bilan muvozanatli hamkorlik tarafdori ekanini bildirdi.

2024 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida amaldagi prezident Mayya Sandu rossiyaparast partiya nomzodi, mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanogloni ortda qoldirib, 55,4% ovoz bilan g‘alaba qozongan edi.

Moldovada prezidentlik saylovlarining birinchi turi bilan bir paytda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum ham o‘tkazilgan. Unda Yevrointegrasiya tarafdorlari g‘alabaga erishgan, biroq farq bir foizdan kam bo‘lgan.

Kommunistlar partiyasi referendum natijalariga e’tiroz bildirgan bo‘lsa-da, Moldova Konstitusiyaviy sudi mazkur referendum natijalarini rasman tasdiqlagandi.

Kiritildi: Bugun 01:15. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!