Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda kredit mablag‘ini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Toshkentda kredit mablag‘ini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.I. turmush o‘rtog‘i Z. rahbarligidagi “M.L.” MCHJni norasmiy boshqarib kelib, aslida o‘zida mavjud bo‘lgan 2 dona “Inkubator” uskunasini go‘yoki MCHJga sotib olish uchun bank filialidan 375 mln so‘m kredit mablag‘i ajratilishiga erishib, ushbu kreditning yarmini to‘lab, qolgan 187,5 mln so‘mini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:04 16.06.2022. O'qildi: 2495 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!