Bugun 24 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda kalxat uchib yurgani kuzatildi

Toshkentda kalxat uchib yurgani kuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi metro bekati yaqinida yirtqich qush hisoblangan kalxat uchib yurgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyatining ma’lum qilishicha, bog‘ va Ekologiya vazirligi xodimlari hamkorligida yirtqich qush hayvonot bog‘iga qaytarilgan.

“Bizning Grif G‘o‘sha kichik sarguzashtga otlangan ko‘rinadi. U bir necha kun shaharni o‘rgandi, lekin oxir-oqibat o‘z uyidan yaxshi joy yo‘qligini tushundi, — deya qo‘shimcha qiladi bog‘ ma’muriyati.

Ma’lumot uchun: ushbu kalxatning qanotlari katta bo‘lsada, u hayvonot bog‘ida o‘sgan va yovvoyi tabiatda yashashga moslashmagan.

Kiritildi: 14:39 23.02.2025. O'qildi: 1448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!