Toshkent shahri. 2021 yilning 03 fevral kuni soat 16:00 larda noma’lum shaxslar bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirgan holda o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumani Cho‘pon ota ko‘chasining poyezd temir yo‘li bilan kesishgan chorrahasi yaqinida voyaga etmagan 9 yoshli Arina T.,ni qo‘lida bo‘lgan narxi 2.100.000 so‘m bo‘lgan «Redmi 8 Lite» rusumli telefon apparatini qo‘lidan yulib olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan qochib ketishgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni fuqaro 21 yoshli Shahzod B. va Shoxista B.,lar sodir etganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Shahzod B. va Shohista B.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tergov harakatlari davomida, o‘g‘irlab olingan uyali aloqa telefon apparatini ular “Malika” savdo majmuasida 550.000 so‘m pul evaziga sotib yuborganliklari, bundan tashqari ushbu jinoyatni sodir etishga voyaga etmagan shaxsni jalb qilishganliklari ham aniqlangan.
Hozirgi vaqtda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) va 127-moddasi 3-qismi (voyaga etmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan ayb e’lon qilinib, har biriga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.