Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda jahon futboli afsonalari ishtirokida sport bayramlari o‘tkaziladi

Toshkentda jahon futboli afsonalari ishtirokida sport bayramlari o‘tkaziladi

Sentyabr oyining dastlabki kunlari poytaxtimiz sport arenalarida futbol va futzal muxlislari uchun maxsus sport tadbirlari tashkil etiladi.

2 sentyabr kuni soat 18:00 da “Humo Arena”da futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi-2026 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatning amaldagi chempioni BMB PFC va Superliga finalchisi SQB PFC jamoalari bahs olib boradi.

Superkubok uchrashuvi doirasida jahon va o‘zbek futboli afsonalari ishtirokida maxsus dastur ham tashkil etiladi.

3 sentyabr kuni soat 18:00 da esa “Bunyodkor” stadionida Jahon futboli afsonalari — O‘zbek futboli afsonalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi.

Jahon futboli afsonalari tarkibida yaqin o‘tmishning mashhur yulduzlari — Xulio Sezar, Marko Materassi, Jerom Boateng, Michel Salgado, Kristian Zakkardo, Esteban Kambyasso, Rikardo Kuarejma, Uesli Sneyder, Oskar, Kevin Kurani va Vinchenso Yakvinta maydonga tushishi kutilmoqda.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, Toshkentdagi futbol bayramida yana bir jahon chempioni va “Oltin to‘p” sohibi ishtirok etishi ham kutilmoqda. Uning nomi tadbirga yaqin kunlarda ma’lum qilinishi rejalashtirilgan.

Chiptalar tez kunlarda “Humo Arena” hamda "Bunyodkor" stadioni kassalarida tarqatilishi ma’lum qilingan.

Tadbirlar O‘zbekiston futzal federasiyasi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Kiritildi: 20:43 22.08.2026. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!