Shimoliy Atlantika alyansi Fransiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan keyin jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin.
Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, so‘rovlar ikki nomzod — Marin Le Pen va Jan-Lyuk Melanshon yuqori darajada qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatmoqda. Le Pen Fransiyaning NATOning birlashgan qo‘mondonlik tuzilmasidan chiqishini yoqlasa, Melanshon mamlakatning alyansni butunlay tark etishi tarafdori.
Bunday ssenariy NATO uchun jiddiy zarba bo‘lishi mumkin. Fransiya Yevropa Ittifoqidagi yagona yadroviy davlat bo‘lib qolmoqda. Mamlakat atom avianosesi, yirik harbiy-dengiz floti va razvedka sun’iy yo‘ldoshlariga ega. Shuningdek, Fransiya NATOning operasion byudjetining qariyb bir foizini ta’minlaydi.
«AQShning Yevropadagi harbiy ishtiroki qisqarib borayotgani va Yevropa mamlakatlari o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirishi zarurati fonida bu xatarlar ayniqsa sezilarli tus olmoqda», — deyiladi maqolada.