Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiyaning Ukrainadagi savdo markaziga qilingan hujumi natijasida 16 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Ukrainadagi savdo markaziga qilingan hujumi natijasida 16 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati, Krivoy Rog shahridagi "Solnechnaya Dolina" savdo markaziga Rossiya dronlari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari boshlig‘i Aleksandr Ganja o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.

"Dushman hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi", deb yozgan u.

Xabarlarga ko‘ra, hujumlarda kamida 130 kishi, jumladan, 23 bola jarohat olgan. Rasmiylar jasadlarni aniqlashni boshladilar.

Krivoy Rogdagi "Solnechnaya Dolina" savdo markaziga 21 avgust kuni tushdan keyin ikki marta dronlar hujum qilgan va hujumlardan so‘ng binoda yong‘in chiqqan.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!