Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqamish mavzesida itlar hujumidan fuqaro vafot etdi mazmunidagi xabarlar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Bugun, 3 mart kuni, Qoraqamish mavzesining 2/4-kvartalida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan L.U. vafot etdi. O‘lim sababi — o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi.
Tarqalayotgan mish-mishlarning aksiga o‘laroq, hech qanday itlar hujumi sodir bo‘lmagan. Shahar aholisini vahimaga tushmaslikka va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz, deyiladi xabarda.