Yakkasaroy tumanida profilaktika inspektori o‘ziga biriktirilgan hududda ijarada yashovchi ayoldan fohishalarga “rahnamolik” qilish evaziga har oyda 400 dollar pora berishni talab qilgan.
U DXX va IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda talab qilgan 400 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
“Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga ba’zi vaqtlarda kelib qizlar bilan jinsiy aloqa qilardi. Ba’zan pul kerakligini aytib, 200 ming so‘mdan 400 dollargacha olib turardi”, degan sudda arizachi ayol.
Sud xodimni pora olishda aybli deb topdi. Unga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.