Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda havo sifati yana yomonlashdi: chang miqdori me’yordan 21 baravar ko‘p

Toshkentda havo sifati yana yomonlashdi: chang miqdori me’yordan 21 baravar ko‘p

25 yanvar, 2025 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi havo sifati turli hududlarda turlicha. IQAir portalining ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida havo sifati eng yomon.

Toshkentda PM2.5 zarrachalari miqdori 186 birlikni tashkil etadi, bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiya qilgan me’yordan 21,2 baravar ko‘p.

▪️Boshqa hududlarda havo sifati nisbatan yaxshiroq:

➡️ Toshkent viloyati: 66 birlik
➡️ Andijon: 64 birlik
➡️ Buxoro: 78 birlik
➡️ Farg‘ona: 156 birlik
➡️ Jizzax: 137 birlik
➡️ Nukus: 44 birlik
➡️ Qarshi: 74 birlik
➡️Samarqand: 151 birlik
➡️ Guliston: 99 birlik
➡️ Termiz: 77 birlik
➡️ Urganch: 55 birlik

Havo sifatining yomonligi aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Havo ifloslanishi nafas olish yo‘llari kasalliklari, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 18:08 25.01.2025. O'qildi: 1039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!