Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda enaga 6 yoshli nogiron bolani kaltakladi (VIDEO +18)

Toshkentda enaga 6 yoshli nogiron bolani kaltakladi (VIDEO +18)

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur videotasvir yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida quyidagilar aniqlandi.

Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 1995 yilda tug‘ilgan I.X. o‘zining nogiron farzandiga enagalik qilish uchun 2002 yilda tug‘ilgan S.T.ni ishga yollagan. Biroq, enaganing xizmatidan shubhalangan uy egasi farzandining yotoqxonasiga kuzatuv kamerasini o‘rnatgan.

2023 yil 11 fevral kuni enaga 2017 yilda tug‘ilgan K.Z.ga qo‘pol munosabatda bo‘lib, urib kaltaklaganligi holati kuzatuv kamerasida qayd etilgan. Xonadon egasi I.X. shu kuni S.T.ni ishdan bo‘shatgan hamda fuqarolarni ogohlikka chaqirish maqsadida videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 14:58 14.02.2023. O'qildi: 3993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!